Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Xuquqimni bilaman” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 13-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Xuquqimni bilaman” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli umumta’lim maktabining Chaqiriqga qadar boshlang’ich tayorgarlik rahbari R.Manbetov, Ona tili fani o’qituvchisi R.Konebaeva va maktabning kitobxon yoshlari ishtirok etishdi. Suhbatni Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova olib bordi.

Suhbat davomida Chaqiriqga qadar boshlang’ich tayorgarlik rahbari so‘zga chiqib Inson huquqlari har bir insonning erkin, tinch va adolatli hayot kechirishi uchun xizmat qiladigan muhim qadriyatlar, har bir inson millati, tili, dini va yashash joyidan qat’i nazar teng huquqlarga ega ekanligi, 1948-yil 10-dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilinganligi, ushbu hujjatda insonning yashash, ta’lim olish, erkin fikr bildirish, mehnat qilish va himoyalanish kabi asosiy huquqlari belgilab berilganligi, yurtimizda ham inson huquqlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarning huquq va erkinliklari Konstitutsiya orqali kafolatlanganligi ayniqsa, yoshlarning bilim olishi, kasb egallashi va o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani haqida aytib o‘tdi.