Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Kutubxona bo‘ylab sayohat.

Joriy yilning 18-may  kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli umumta’lim maktabi tomonidan sayohat tashkilashtirldi.

Sayohat davomida kutubxona xizmatlari, kitob fondi hamda zamonaviy axborot xizmatlari, kitoblarni izlash va mutolaaning inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar aytib o‘tildi.

Tashrif davomida o‘quvchilar badiiy adabiyotlar, bolalar adabiyotlari hamda yangi nashr etilgan asarlar ko‘rgazmasini katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Shuningdek, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan suhbat va savol-javoblar tashkil qilinib, faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.

Mazkur sayohat yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.