Joriy yilning 21-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli umumta’lim maktabining 7-sinf kitobxonlari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkillashtirildi.
Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari J.Qadirbaeva tomonidan kutubxona hizmatlari, kitob fondi, kutubxonadan foydalanish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib berildi. Shuningdek, kitobxonlikning ahamiyati, mutolaaning inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. Sayohat davomida tashrif buyurganlar kutubxonadagi mavjud adabiyotlar va yangi adabiyotlar bilan tanishib chiqdi. Bunday ma’naviiy-ma’rifiy sayohatlar yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni bilim olishga va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы