Sport inson salomatligi va jismoniy rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan faoliyat turi hisoblanadi. Sport bilan shug‘ullanish insonni kuchli, chaqqon va sog‘lom qiladi. U nafaqat tanani, balki irodani ham mustahkamlaydi. Yaqinda Taxiatosh tumanida «Besh tashabbusli paralimpiya» doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida 200 dan ortiq ishtirokchi para sportning besh turi, ya’ni para shaxmat, para shashka, para stol tennisi bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Bu yangilik «Erkin Qoraqalpog‘iston» gazetasining 14-may №54-55 (21389) sonida chop etildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы