Joriy yilning 4-iyun kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohidagi ko‘chma kutubxonaga «Bilim sari ilk qadam» mavzusida sayohat tashkilashtirildi.
Yozgi oromgohda dam olayotgan bolalarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan ko‘chma kutubxona tashkillashtirildi va oromgoh bolalari tomonidan kutubxona bilan yaqindan tanishish maqsadida qiziqarli sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida bolalar kutubxonaning kitob fondi, o‘quv zallari hamda zamonaviy kompyuter xonalari bilan yaqindan tanishdi. Kutubxona mutaxassisi N.Mamutova tomonidan kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaning foydali tomonlari shuningdek, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida tushunchalar berildi.
Kutubxona bolalarning bilim olishi, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Sayohat davomida savol-javoblar, kitoblar taqdimoti hamda bilimga chorlovchi suhbatlar o‘tkazildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы