Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Buyuk yurt farzandlari» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 8-iyun kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohidagi ko‘chma kutubxonada «Buyuk yurt farzandlari» mavzusida davra suhbati tashkilashtirildi.

Suhbatdan maqsad bolalarga yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk allomalar va davlat arboblari – Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Abu Ali ibin Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi ajdodlarimizning hayoti va ilmiy – ma’naviy merosi haqida ma’lumotlar berildi. Suhbatga oromgohning to‘rtinchi guruh bolalari va tarbiyachisi G.Seytmuratovalar ishtirok etishdi.

Kutubxona mutaxassisi N.Mamutova tomonidan mavzuga oid kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilarga buyuk ajdodlarimiz haqidagi adabiyotlar tavsiya qilindi. Bu suhbat yoshlarning kitobxonlikga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda Vatanga sadoqat va buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lishga ma’suliyatni his etishga xizmat qiladi.