Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitobdan taralgan ertaklar» mavzusida ovozli ertak aytish kuni tashkilashtirildi.

Joriy yilning 9-iyun kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida «Kitobdan taralgan ertaklar» mavzusida ovozli ertak aytish kuni tashkilashtirildi.

Bundan asosiy maqsad bolalar qalbida kitobga bo‘lgan mehrni uyg’otish, ularning tasavvur doirasini kengaytirish hamda ertaklar orqali ezgulik, do‘stlik, halollik kabi fazilatlarni targ’ib qilishdan iborat bo‘ldi. Undan so’ng, Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan mashhur ertak kitoblardan qiziqarli va ibratli ertaklar ovoz chiqarib o‘qib berildi.

Bolalar ertak qahramonlari bilan tanishib, voqealar rivojini katta qiziqish bilan tingladilar. Ertak yakunida bolalar o‘z fikir-mulohazalarini bildirib, qahramonlarning hatti-harakatiga baho berdilar.