Joriy yilning 9-iyun kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohidagi ko‘chma kutubxonada “Kitoblar dunyosiga sayohat” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova olib bordi. Oromgoh bolalari uchun A.To‘reniyazova tomonidan kitob va kitobxonlik bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar shuningdek, yurtimizda kitobxonlik bo‘yicha har xil tanlovlar tashkillashtirilayotgani, tanlovlar orqali qimmat baho sovg’alar g’olibi bo‘lishlari mumkinligi aytilib o‘tildi.
Kitoblar dunyosiga sayohat — insonni bilim, ma’naviyat va tafakkur olamiga etaklaydigan ajoyib yo‘ldir. Kitob o‘qish orqali inson turli mamlakatlar, xalqlar tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishadi. Shuningdek, kitoblar insonning dunyoqarashini kengaytiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va nutq madaniyatini boyitadi.
Har bir kitob o‘ziga xos bir olam hisoblanadi. Badiiy asarlar kitobxonni qiziqarli voqealar ichiga olib kirsa, ilmiy kitoblar yangi bilimlar berishga xizmat qiladi. Tarixiy kitoblar o‘tmishni anglashga yordam beradi, fantastik asarlar esa inson tasavvurini kengaytiradi.
Davra suhbati kitob haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan mazmunli yakunlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы