Joriy yilning 11-iyun kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohidagi ko‘chma kutubxonada «Jadidlar izidan» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatdan asosiy maqsad – yoshlarni jadid bobolarimizning boy, ma’rifiy merosi, ilim-fanga bo‘lgan intilishlarini yosh avlodga etkazishdan iborat edi. Suhbatga oromgohning to‘rtinchi guruh tarbiyachisi I.Qaypnazarov va oromgoh dam oluvchilari ishtirok etishdi. Suhbat davomida oromgoh tarbiyachisi I.Qaypnazarov Mahmudhoja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori kabi jadid namayondalarining xalq ma’rifati, zamonaviy ta’lim va milliy uyg’onish yo‘lidagi xizmatlari haqida so‘z yuritdi.
Suhbatda ishtirok etgan oromgoh bolalari jadidlar hayoti va ijodi aks etgan kitoblar bilan tanishdilar.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы