Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Kutubxonaga sayohat tashkillashtirildi.

Joriy yilning 11-iyun kuni Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga sayohat tashkillashtirildi.

Sayohatda Abonement va foydalanuvchilarga hizmat ko‘rsatish xizmati rahbari J.Qadirbaeva tomonidan kutubxona fondi, fonddagi badiiy adabiyotlarning tillar bo‘yicha, bolalar adabiyotlari, ilim-fan sohalari bo‘yicha joylashtirilganligi shuningdek, kutubxonaning tartib qoidalari  va kitob o‘qishning inson hayotidagi ahamiyati haqida ko‘plab ma’lumotlar aytilib o‘tildi.  So‘ngra, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova tomonidan kutubonaning ijtimoiy tarmoqlari, elektron kitoblari, kutubxonaning internet xizmatlari haqida ma’lumotlar berilib o‘tildi.

Sayohat davomida tashrif buyurganlar kutubxona bo‘ylab sayohat qilishdi va adabiyotlar bilan tanishib chiqdi.