Joriy yilning 12-iyun kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutova tomonidan Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida «Ranglar jilosi – bolalar tasavvurida» mavzusida rasm chizish kuni bo‘lib o‘tdi. Bunda, Vatan, Ona tabiat, orzu-umidlar, do‘stlik va ertaklar olamini tasvirlovchi rang-barang rasmlarni chizib, o‘z ijodkorlik qobilyatlarini namoyon etdilar.
Mashg’ulot jarayonida ishtirokchilar bir – birining ishlarini kuzatib, fikr almashdilar va tasviriy sa’nat orqali rasmlarini ifodalash imkoniga ega bo‘ldilar. Bunday mashg’ulotlar – bolalar tasavvuri, didi va ijodiy fikirlashini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sa’natga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы