Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitobxon onalar» kuni munosabati bilan “Kitobga oshno onalar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 17-iyun kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonеment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan «Kitobxon onalar» kuni munosabati bilan «Kitobga oshno onalar» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbat mehmoni – kutubxonamiz faol a’zolari, eng go‘zal onalarimiz  G.Eshtaeva va S.Raxipovalar tumandagi “Aydin jol” bolalar yozgi dam olish oromgohiga tashrif buyurdi.

Faol kitobxon onalarimiz tomonidan – Kitob – inson ma’naviyatini boyitadigan, dunyoqarashini kengaytiradigan bebaho xazinadir. Ayniqsa, oilada onaning kitobga bo‘lgan mehr-muhabbati farzandlar tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Kitob o‘qishni odat qilgan ona nafaqat o‘z bilimini oshiradi, balki farzandiga ham mutolaa madaniyatini singdirib, uni ilmga, ezgulikka va yuksak ma’naviyatga yo‘naltiradi – deya o‘zlarining kitob va kitobxonlik borasidagi fikr-muloxazalari aytilib o‘tildi.

Suhbatining asosiy maqsadi – onalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, oilada mutolaa muhitini yaratish va kitobning tarbiyaviy ahamiyatini yoritishdan iborat. Suhbat davomida kitob mutolaasining shaxs kamolotiga ta’siri, farzandlarda o‘qishga qiziqishni shakllantirish usullari hamda oilada birgalikda kitob o‘qishning ijobiy jihatlari haqida fikr almashiladi. Tadbir yakunida mutolaani muntazam odatga aylantirish, kitob o‘qish va oilada ma’naviy muhitni boyitishga doir tavsiyalar berildi.