Joriy yilning 18-iyun kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani “Nurli keleshek” mahalla fuqoralar yig’inida “Volontyorlik madaniyatini shakillantirish” kuni munosabati bilan tadbir tashkillashtirildi.
Tadbirga “Nurli keleshek” MFY profilaktika inspektori R.Begdullaev, tumandagi Sport maktabi treneri A.Tooreva, Axborot – kutubxona markazi faol kitobxon yoshlari S.Bazarbaeva, A.Alimova, “Nurli keleshek” MFY “Yoshlar etakchisi” N.Muxammadova va “Nurli keleshek” mahallasi volontyor yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchilarda ko‘ngillilik faoliyatiga qiziqish uyg‘otish, jamiyat hayotida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat edi.
Suhbatda volontyorlikning mazmun-mohiyati, uning jamiyat rivojidagi o‘rni, yoshlarning turli ijtimoiy loyihalarda ishtirok etishining ahamiyati haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga volontyorlik faoliyati orqali insonlarda mas’uliyat, jamoada ishlash, boshqalarga yordam berish kabi ijobiy fazilatlar rivojlanishi tushuntirildi. Undan so‘ng, Axborot – kutubxona markazi kitobxon yoshlari o‘zlarining sevib o‘qigan kitoblari haqida, kitobning ahamiyati va mazmuni haqida aytib berishdi.
Tadbir davomida kitoblar taqdimoti o‘tkazilib, yoshlar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar va kelgusida volontyorlik harakatlarida faol qatnashishga chaqirildi. Davra suhbati yoshlar qalbida ezgulik va insonparvarlik g‘oyalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы