Joriy yilning 26-iyun kuni Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli umumta’lim maktabi tomonidan Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga sayohat tashkillashtirildi.
Sayohatda Abonement va foydalanuvchilarga hizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish tartibi, kutubxonadagi kitoblarning badiiy adabiyotlar, bolalar adabiyotlari, ilim-fan sohalari bo‘yicha joylashtirilganligi, kutubonaning ijtimoiy tarmoqlari, kutubxonaning internet xizmatlari haqida ma’lumotlar aytib o‘tdi.
Sayohat davomida tashrif buyurganlar kutubxonadagi adabiyotlar bilan tanishib chiqdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы