Joriy yilning 2-iyul kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar oromgohidagi ko‘chma kutubxonada «Bir asar tarixi» kuniga bag’ishlab «Garri Potter – afsonaga aylangan asar» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suxbatni Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova olib bordi.
A.To‘reniyazova oromgoh bolalari uchun Joan Rouling tomonidan yozilgan «Garri Potter» asari dunyodagi eng mashhur bolalar va o‘smirlar adabiyoti asarlaridan biri hisoblanishi, sehrgarlik borasidagi qiziqarli sarguzashtlari bilan bolalar qalbida joy egallagani, asarning asosiy g’oyalari — do‘stlik, jasorat, mehr-oqibat, adolat va ezgulikning yovuzlik ustidan g’alabasi ekanligini aytib, bolalar bilan birgalikda Garri Potter filmini ko‘rdingizmi?, Garri Potter kitobni kim yozgan?, Garri qaysi maktabda o‘qiydi?, Garrining eng yaqin do‘stlari kimlar? – deya savol-javoblar qildi.
Suhbat so‘ngida bolalar Garri Potter filmidagi g’aroyib sarguzashtlar haqida suhbatlashdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы