Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Ertaklar olamiga sayohat» mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 6-iyul kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida Taxiatosh tumani Аxborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan «Ertaklar olamiga sayohat» mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Ko‘rgazmadan maqsad – bolalarni xalq va jahon ertaklari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlikka qiziqish uyg’otish hamda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Ko‘rgazmada o‘zbek va qoraqalpoq xalq ertaklari, jahon xalqlari ertaklari, shuningdek, mashhur ertaknavis adiblarning asarlari o‘rin olgan. Ushbu kitoblar orqali bolalar ezgulik, mehr-oqibat, halollik, jasorat, mehnatsevarlik va vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni anglab etadilar.

Ertaklar bolalarning tasavvur olamini boyitadi, ijodiy fikrlashini rivojlantiradi, nutq madaniyatini oshiradi hamda ularni ezgu orzu va maqsadlar sari chorlaydi. Har bir ertakda hayot sabog’i, tarbiyaviy g’oya va ibratli xulosalar mujassam.

Oromgoh bolalari ko‘rgazmadagi kitoblarni mutolaa qilish uchun tanishib chiqdi.