Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Tabiat bag’rida kitobxonlik» kuni tashkillashtirildi.

Joriy yilning 7-iyul kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida «Tabiat bag’rida kitobxonlik» kuni tashkillashtirildi. Suhbatni kutubxona mutaxassisi A.To‘reniyazova kutubxona va mutolaaning foydali tomonlari bo‘yicha ma’lumotlar bilan boshlab berdi.

Inson hayotida kitob va tabiatning o‘rni beqiyosdir. Kitob bizga bilim, odob va hayotiy tajriba bersa, tabiat esa ruhimizni tinchlantirib, sog’lig’imizni mustahkamlaydi. Shu bois tabiat bag’rida kitob o‘qish eng foydali mashg’ulotlardan biri hisoblanadi.

Toza havoda, yashil daraxtlar soyasida yoki gulzorlar orasida kitob mutolaa qilish insonga o‘zgacha zavq bag’ishlaydi. Qushlarning sayrashi, mayin shamol va tabiatning go‘zalligi insonning diqqatini jamlashiga yordam beradi. Natijada o‘qilgan ma’lumotlar yaxshiroq esda qoladi va kitob o‘qishga qiziqish ortadi.