Joriy yilning 8-iyul kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Abieva tomonidan «Ertaklar – ezgulikka etaklar» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Ertaklar xalq og’zaki ijodining eng qadimiy va sevimli janrlaridan biri hisoblanadi. Ular asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib, xalqning orzu-intilishlari, hayot tajribasi va ezgu g’oyalarini o‘zida mujassam etgan.
Ertaklar bolalarni yaxshilik, halollik, mehr-oqibat, do‘stlik, jasorat va mehnatsevarlik kabi yuksak insoniy fazilatlarga tarbiyalaydi. Ertak qahramonlari orqali ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash yoritilib, yaxshilik hamisha g’alaba qozonishi g’oyasi ilgari suriladi. Shu bois ertaklar nafaqat qiziqarli, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Ertaklar qalblarga nur, mehr va ezgulik ulashib, yosh avlodni barkamol inson bo‘lib kamol topishiga xizmat qiladi.
Suhbat so‘ngida bolalar o‘zlarining sevimli ertaklari va undagi qiziqarli voqealarini aytib berishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы