Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitob – aqlning ozuqasi» mavzusida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkillashtirildi.

Yozgi ta’tilda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning 11-iyul kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida «Kitob – aqlning ozuqasi» mavzusida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkillashtirildi.

Bundan maqsad yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, intellektual salohiyatini oshirish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishdan iborat edi.

Tadbirda ishtirokchilar badiiy va mantiqiy bilimlarga oid qiziqarli savollar orqali o‘z bilim va tafakkur salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Jamoalar o‘rtasidagi sog’lom raqobat muhiti ishtirokchilarning mantiqiy fikrlashi, tezkor qaror qabul qilishi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Oromgohdagi har bir guruhdan tashkil topgan «Spartak», «Semya», «Legion», «Drujba» jamoalari faol ishtirok etib, yuqori bilim va zukkoliklarini namoyon etdilar.

Tadbir yakunida «Spartak» jamoasi g’olib deb e’tirof etildi hamda barcha jamoalar Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Faxriy yorliq»lar bilan taqdirlandi.