Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Zakovat» intellektual o‘yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning 16-iyul kuni ya’ni payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan hamda tumanda keng ko‘lamda davom etayotgan “Dolzarb 90 kunlik” doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkillashtirildi.

Yoshlar ishlari Taxiatosh tumani bo‘limi tomonidan tashkillashtirlgan «Zakovat» intellektual o‘yinida tumandagi tashkilotlar va mahallalar yoshlari ishtirok etishdi. Shular qatorida Axborot-kutubxona markazidan «Kutubxonachilar» jamoasi ham ishtirok etishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahs yoshlarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim qadam bo‘ldi.