Joriy yilning 20-iyul kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan «Kitobxon ona – jamiyat tayanchi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbat mehmoni Axborot-kutubxona markazining faol kitobxoni Yulduz Chashemova bo‘ldi. Kitobxon Y.Chashemova oromgoh bolalariga kitob o‘qishning foydali tomonlarini va o‘zi o‘qigan sevimli asarlari haqida aytib, bolalarni kitob o‘qishiga chorladi.
Kitobxon ona farzandiga ertaklar, hikoyalar va qiziqarli asarlarni o‘qib berish orqali unda kitobga mehr uyg’otadi. Bunday muhitda voyaga etgan bola mustaqil fikrlaydigan, bilimga chanqoq va yuksak ma’naviyatli shaxs bo‘lib shakllanadi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari rivojlangan bo‘lsa-da, kitobning qadri va ahamiyati hech qachon kamaymaydi. Aksincha, farzandni telefon va internetga haddan tashqari bog’lanib qolishdan asrashda kitob eng yaxshi vositalardan biri hisoblanadi. Ona har kuni oz bo‘lsa-da kitob mutolaasiga vaqt ajratsa, bu odat farzandlariga ham ibrat bo‘ladi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы