Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Yoshlar kuni” doirasida “Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Joriy yilning 23-iyul kuni “Yoshlar kuni” doirasida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi direktori N.Sultanova rahbarligida “Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Bunda Taxiatosh tumani «Naymanko‘l» OFYda uzum va olma mevalarini etishtirish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan ilg‘or fermer xo‘jaligi rahbari Utemuratov Jumamurat bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

Uchrashuvda yosh fermer o‘zining etti gektar er maydoniga uzum va olma mevalarini etishtirib, bozorlarni sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlayotgani va tuproq unumdorligini oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va bog‘dorchilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha suhbatlashdi.

Shuningdek, suhbat davomida bog’da etishtirilgan bog’dorchilik hosillari kuzatildi.