Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” Respublika ilmiy-amaliy forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu forumga Qoraqalpog’iston Respublikasi tomonidan ishtirok etkan jamoa qatorida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Vaysova ham ishtirok etti.
Mazkur forum doirasida kutubxona sohasiga oid innovatsion g’oyalar taqdimotlari tinglandi, sport musobaqalari va kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida bellashuvlar o‘tkazildi.
Bunday tadbirlar kutubxona sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishda, etuk tajribali kutubxonachi bo‘lib etilishida katta o‘rin egallaydi.




2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы