Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Yoshlar va kitob» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 5-avgust kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar oromgohida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Yoshlar va kitob» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbatda bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda kitobning o‘‌rni beqiyos ekanligi, mutola bo‘lsa insonni sabrli, bilimli va mustaqil fikrlaydigan shaxs qilib tarbiyalashi haqida aytib o‘tildi. Shuningdek, har bir o‘qilgan kitob inson hayotiga yangi tajriba va bilim olib kirishi, buyuk ajdodlarimiz ham kitobga katta e’tibor bilan qaraganlari, zamonaviy yoshlar ham an’anaviy kitoblar bilan bir qatorda elektron kitoblardan foydalanib, o‘z bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega ekanligi haqida aytib o‘tildi.

Suhbat so‘ngida bolalar bilan birgalikda o‘qigan va hozirda qanday asarlar mutolaa qilayotganlari haqida suhbatlashildi.