Joriy yilning 14-avgust kuni Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida
el ardog‘idagi san’at va adabiyot namoyandalari tumanimizdagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Bayram munosabati bilan Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkillashtirilgan kitoblar ko‘rgazmasi, Kelajak markazining hunarmandchilik qo‘l mehnatlari, dutorchi qizlarning jonli ovozi tashrif buyurgan mehmonlarni o‘ziga jalb qildi va ko‘rgazmalar bilan tanishib chiqdi. Shuningdek mehmonlar tumandagi eng faol kitobxonlar bilan suhbatlashdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы