Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Kitobxon onalar davrasi” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 17-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari D.Utemuratova tomonidan kitobxon onalar kuni munosabati bilan “Kitobxon onalar davrasi” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbat mehmoni – Axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlari, kitobxon onalar O.Raxmanova va Sh.Nazarovalar bo‘ldi. Suhbat davomida bolalar va onalar o‘rtasida kitobxonlik, milliy qadriyatlar va kitobning inson hayotidagi ahamiyati haqida suhbatlashildi. Bunday davra suhbatlar orqali onalarni kitob mutolaasiga jalb qilish, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish va farzandlarni kitob o‘qishga rag‘batlantirish maqsad qilinadi.

Davra suhbati mazmunli yakunlandi.