Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Huquq va burch — hayot mezoni » mavzusida davra suhbati tashkillishtirildi.

Joriy yilning 17-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida «Huquq va burch — hayot mezoni» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga Favqulotda vaziyatlar bo‘limi kapitani Sherzod Narboev va oromgoh bolalari ishtirok etishdi.

Suhbatda Sherzod Narboev kitobxonlarga Huquq — har bir insonning qonun bilan belgilangan va davlat tomonidan himoya qilinadigan imkoniyati, burch esa insonning jamiyat, oila va Vatan oldidagi mas’uliyatidir. Har bir fuqaro o‘z huquqlarini bilishi bilan birga, o‘z burchlarini ham vijdonan bajarishi kerakligi qonunlarga rioya qilish, boshqalarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, tabiatni asrash, Vatan tinchligini qadrlash — muhim fuqarolik burchlardan ekanligi huquq va burch bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligi haqida aytib berdilar.

Suhbat davomida bolalarga har bir huquq bilan birga mas’uliyat va burch ham mavjudligi tushuntirildi. O‘z huquqini bilgan, qonunlarga amal qiladigan va jamiyat qoidalarini hurmat qiladigan yoshlar yurtimiz kelajagi uchun muhim ekanligi ta’kidlandi.