Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimiz va yurtimizning bugungi yutuqlariga bag’ishlangan kitoblar va rasmli ko‘rgazmalar o‘rin olgan.
Ushbu ko‘rgazma yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy g’urur va istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы