Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Prezident asarlari” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Taxiatosh tumani Axborot–kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Prezident asarlari” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Mazkur kitob ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlaridan tashkil topib, ushbu asarlar mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti, davlat siyosati, islohotlar va Yangi O‘zbekiston bunyodkorligi haqida hikoya qiluvchi asarlari va nutqlari jamlangan ko‘p jildli nashrlar namoyish etilgan.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida erishgan katta yutuqlari, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, xalq farovonligi va ma’naviy hayotidagi yangilanishlarga bag‘ishlangan.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — kitobxonlarni Vatanimiz tarixi, bugungi taraqqiyoti va kelajagi haqida yanada ko‘proq ma’lumot olishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi.