Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Buyuk tarix, yorqin kelajak” mavzusida bayram dasturi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 21-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Buyuk tarix, yorqin kelajak” mavzusida bayram dasturi tashkillashtirildi.

Bayram dasturiga Axborot-kutubxona markazining faol nuroniy otaxonlari, faol kitobxon yoshlari, tumandagi “Kelajak markazi” raqs to‘garagi, «Kìtoblar dunyosi» Qarauy kutubxona markazi koordinatorlari ishtirok etishdi.

Kechani Axborot-kutubxona markazi direktori N.Sultanova yig’ilganllarni Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan tabriklab bayram dasturini ochib berdi. Undan so‘ng, Vatanimiz mustaqilligi, yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning bunyodkorlik ishlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida Prezident asarlari, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va mamlakatimiz tarixiga oid kitoblar va rasmli ko‘rgazmasi namoyish etildi. Yig’ilganlar uchun kitoblar mazmuni haqida ma’lumot berilib, mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati haqida aytilib o‘tildi.

Tadbir davomida she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va turli qiziqarli chiqishlar namoyish etildi. Faol kitobxonlar so‘zga chiqib, bayram munosabati bilan o‘zlarining samimiy fikrlarini bildirib o‘tdi. Bayram dasturi tomoshabinlar qalbini Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlashda xizmat qildi.

Tadbir yakunida faol kitobxonlar va bayram ishtirokchilariga Axborot-kutubxona markazi tomonidan minnatdorchilik bildirildi va «Faxriy yorliq»lar tantanali ravishda topshirildi.