Joriy yilning 24-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Ma’rifat chirog‘ini yoqqan jadidlar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga “Kelajak markazi” kitobxonlari, “Mental arfmetika” to‘garagi rahbari N.Xaybullaeva va kutubxona mutaxassislari ishtirok etishdi.
Tadbirda kitobxonlar ushbu kitobxonlik uchrashuvi orqali jadidlarning hayoti va ijodi bilan tanishib, ularning asarlarini mutolaa qiladilar hamda ma’rifatparvar ajdodlarimizning bebaho merosi haqida fikr almashdilar va jadid adabiyoti namayondalaridan biri Abdulhamid Cho’lpon tarjimalari kitobidan hikoyalar va bir qator ma’noli sherlaridan aytib o‘tdilar.
Jadidlar yoshlarni kitob o‘qishga, bilim olishga, Vatanga va xalqiga foydali inson bo‘lishiga chorlaganlar.
Bugungi kunda jadidlar qoldirgan boy ma’naviy meros yosh avlodni ilm olish, kitob mutolaa qilish va yuksak maqsadlar sari intilish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы