Joriy yilnin 9-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida “Tanishing yangi adabiyotlar” mavzusida yangi adabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Ma’naviyat va ma’rifat ishlar bo‘yicha mutaxassisi A.Xabibullaev, “Kelajak markazi” Monitoring bo‘limi mutaxassisi G.Taganberdieva va tumandagi barcha maktab maslaxatchilari ichtirok etishdi.
Tadbir davomida kutubxonaga yangi kelgan badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar tanishtirildi. Har bir kitobning mazmuni, mavzusi va kitobxonlar uchun ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yangi kitoblar asosida kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, yangi adabiyotlarni o‘qib ko‘rishlari tavsiya etildi. Undan so‘ng, kitobning inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni, muntazam mutolaa qilishning foydali tomonlari haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlarining sevimli asarlari haqida fikr va taassurotlarini bildirdilar.
Suhbat yakunida kitobxonlarga yangi adabiyotlardan unumli foydalanish, bo‘sh vaqtlarini mutolaa bilan mazmunli o‘tkazish tavsiya etildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы