Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi amalga oshirildi.  

Joriy yilning 10-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi tashkillashtirildi.

Loyihaning asosiy maqsadi mahallalarda aholi orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, aholining kutubxona bilan yaqindan tanishishi va mutolaa madaniyatini kuchaytirishdan iboratdir. Loyiha doirasida tuman Axborot-kutubxona markazi shuningdek, A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazining veb sahifalari, ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanib, kitob mutolaasini tashkillashtirishlari maqsadida QR kodli bukletlar tarqatildi.