Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Kutubxonaga sayohat tashkillashtirildi.

Yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 15-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markaziga tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli maktab kitobxonlari tomonidan sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida maktab o‘quvchilari Axborot-kutubxona markazining xizmatlari, kitob fondi, yangi adabiyotlar va kutubxonadan foydalanish tartibi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek kitobxonlarga badiiy, ilmiy – ommobop, bolalar adabiyotlari haqida ma’lumot berildi. Kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Axborot–kutubxona markazining Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari J.Qadirbaeva tomonidan javob oldilar.

Mazkur sayohat kitobxonlarda kitobga mehr uyg’otish, muntazam mutolaa qilishga qiziqishlarini oshirish va kutubxonadan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakillantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.