Joriy yilning 16-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari Sarayko‘l OFY hududidagi 20-sonli maktabga tashrif buyurib, J.Kadirbaeva tomonidan «Elbek – Mirmashriq Miryunusov – o‘zbek qatag’on qurboni adabiyoti va ma’rifatparvarlik harakati vakili» mavzusida kitob taqdimoti tashkil etildi. Kitob taqdimotida kitobxonlarga jadidchilik harakatining vujudga kelish tarixi, uning asosiy maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar berildi.
Elbek – Mirmashriq Miryunusov (1898-1939) – buyuk ma’rifatparvarlarning hayoti va ijodi haqida so‘z yuritildi. Taqdimot davomida o‘quvchilar tomonidan jadid ijodkorlarining hayoti va ijodiga oid she’rlar, fikrlar hamda ma’lumotlar taqdim etildi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы