Joriy yilning 23-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida “Ustozga hurmat – millatga hurmat” mavzusida uchrashuv kechasi tashkillashtirildi.
Kechaga Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi boshlig’i M.Djumamuratova va mutaxassisi T.Seydova, “Nuroniy jamg’armasi” tuman bo‘linmasi mutaxassisi N.Atiyazova, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 6 va 9-sonli maktab kutubxonachillari, kitobxon yoshlar va Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Uchrashuv mehmoni – o‘zining ijodiy izlanishlari, samimiy she’rlari va o‘ziga xos qarashlari bilan adabiyot olamida o‘z yo‘lini topishga intilayotgan yosh ijodkorlardan biri Zakirjon Xojalepesov mehmonda bo‘ldi. Kechani Axborot-kutubxona markazining Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati boshlig’i J.Qadirbaeva ochib berdi.
Tadbir davomida yosh shoirning ijodiy faoliyati, she’riyatga kirib kelishi, ijodiy izlanishlari va kelgusidagi rejalari haqida suhbat olib borildi. Shoir o‘zining ijod namunalaridan she’rlar o‘qib, ishtirokchilarga she’r yaratish jarayoni, ilhom manbalari hamda adabiyotning inson hayotidagi o‘rni haqida so‘zlab berdi. Shoir o‘zining ijodidan Axborot-kutubxona markaziga 9 dona kitobni sovg’a tariqasida topshirdi.
Uchrashuv davomida kitobxonlar shoirga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, samimiy suhbatda ishtirok etdilar. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan she’rlar o‘qilib, ijodiy fikr va mulohazalar almashildi. Bunday ijodiy uchrashuvlar yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, she’riyat va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni ijodga rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы