Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

1-oktyabr «Ustozlar va murabbiylar» kuni munosabati bilan «Ustozga hurmat – millatga hurmat» mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 29-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 1-oktyabr «Ustozlar va murabbiylar» kuni munosabati bilan «Ustozga hurmat – millatga hurmat» mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Ko‘rgazmadan ustoz va murabbiylarning jamiyat hayotdagi beqiyos o‘rni, yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi fidokorona mehnati aks etgan badiiy adabiyotlar o‘rin olgan.

Ustoz – inson qalbiga ilim va ma’rifat nuruni olib kiruvchi, yosh ovlodga bilim berish bilan birga, insoniylik ruhida tarbiyalovchi buyuk siymodir   Ko‘rgazmadan maqsad – ustoz va murabbiylarga hurmat – ehtirom tuyg’ularini yanada yuksaltirish, kitobxonlarni ta’lim va tarbiyaga oid adabiyotlar bilan tanishtirishdan iboratdir.