Joriy yilnin’ 6-oktyabr kuni Тaxiatosh tumani harbiy qsim tomonidan Axborot – kutubxona markaziga sayohat tashkillashtirildi. Sayohatga harbiy qsim komadiri o’rinbosari A.Mamatqosimov, Nazoratchi G.Mavlanova va harbiy qsim askarlari tashrif buyurdi. Sayohat davomida harbiy xizmatchilar Axborot-kutubxona markazining faoliyati, mavjud bo‘limlar va kitob fondi bilan yaqindan tanishdilar. Ishtirokchilarga kutubxonadan foydalanish tartibi, yangi adabiyotlar, badiiy va ilmiy-ommabop nashrlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mehmonlarga kutubxonada yaratilgan zamonaviy sharoitlar, elektron resurslar hamda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar namoyish etildi. Tadbir davomida kitob mutolaasining inson dunyoqarashi, ma’naviyati va bilimini oshirishdagi ahamiyati haqida suhbat olib borildi. Sayohat ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda kutubxona bilan hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы