Joriy yilning 8-oktyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida harbiy xizmatchilar ishtirokida “Jadidlar izidan — ma’rifat sari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
Suhbatda harbiy qism komandiri o‘rinbosari A. Mamatqosimov, nazoratchi G. Mavlanova, harbiy qism askarlari hamda Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etdilar.
Suhbat davomida jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning asosiy maqsad va vazifalari, jadid bobolarimizning xalqni ilm-ma’rifatga chorlash yo‘lidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi ma’rifatparvarlarning hayoti va ijodi haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga jadidlar tomonidan yaratilgan adabiy va ilmiy meros, ularning milliy ongni yuksaltirish hamda ma’rifatni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi haqida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar jadidlar hayoti va faoliyatiga oid kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishtirildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy suhbat ishtirokchilarning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы