Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitob o‘qish — kelajak mevasi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Joriy yilning 13-oktabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A. Toreniyazova tomonidan 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kitobxonlari uchun “Kitob o‘qish — kelajak mevasi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari T. Yo‘ldashova, maktab maslahatchisi T. Arazova, maktab kutubxonachisi N. Jangabayeva hamda yosh kitobxonlar ishtirok etdilar.
Ko‘rgazma davomida ishtirokchilarga yangi nashr etilgan kitoblar, ularning mazmun-mohiyati hamda yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kitob mutolaasining inson ma’naviyati, dunyoqarashi va tafakkurini boyitishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida o‘quvchi qizlar tomonidan she’rlar aytildi hamda milliy raqslar ijro etildi. Badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi.
Mazkur kitoblar ko‘rgazmasidan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlod o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitobning inson hayotidagi muhim o‘rnini keng targ‘ib qilishdan iborat.