
2022-yil 7-yanvar kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining, Axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova tomonidan «Yoshlar ma’naviyatish yuksaltirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatin rivojlantirish» bo’yicha «Kitobxonlikni bolalikdan boshlaymiz» shiori ostida tumanimizdagi 4-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida, maktabga tayyorlash guruhi bolalari bilan «Tanishing yangi bolalar adabiyoti» mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirilib, «Donishmand bobo ertaklari» kitobidan ko’rgazmali ertaklar aytib berildi.Shuning bilan birga, Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan, boshqa maktabga tayyorlash guruhida kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirilib, ushbu guruh bolalariga «Zumrad va Qimmat» ertagi aytib berildi. Undan so’ng, D.Utemuratova bolalar bilan ertak kahramonlari tug’risida suhbatlashdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы