2022-yilning 8-fevral kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar kungi “Mahalllalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ -92-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman “Obod makon” MFY da katta tadbir marosimi tashkil etildi. Bunda, sportning barcha turlari, shuning bilan birga Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan uyushmagan yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida kitobxon yoshlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Uchrashuv davomida buyuk o’zbek shoiri mutaffakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy bobomizning tavalludining 581 yilligi munosabati bilan “G’azzalxonlik” savol-javob kechasi o’tkazildi va ikkinchi bosqichga g’oliblar saralab olindi.
Kunning ikkinchi bosqicha 9-fevral kuni birinchi bosqichida g’olib bo’lgan olti ishtirokchi o’zbek adabiyotining taniqli yozuvchisi Abdulla Qodriyning “O’tkan kunlar” romani bo’yicha o’z aro bellashdi. Bunda, kutubxonaning Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva, Axborot-bibliografiya xizmati rahbari J.Kadirbaeva va Axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati mutahassisi A.Vaysova tomonidan tuzilgan savollarga ishtirokchilar iz bilimlarin sinovdan o’tkazdi. Ishtirokchilardan kitob mazmuni jixatidan barcha savollarga aniq javob bergan kutubxonaning faol a’zolaridan biri Kakabaeva O’g’iljaxon 1-o’rinni, Genjabaeva Surayyo 2-o’rinni, Kamalova Zulxumor 3-o’rinni egallashga muyassar bo’ldi.



2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы