Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Kitobxon yoshlar bilan birgalikda «Afsonalar» mavzusida uchrashuv tashkillashtirildi.

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va tuman Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida ko’chma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida 24-fevral kuni tumanimizdagi 1 sonli umumta’lim maktabiga tashrif uyushtirildi.         Ushbu maktab o’quvchi yoshlarga, kutubxonaning Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati  raxbari A.To’reniyazova   va Ma’lumot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan kitoblar ko’rgazmasi  tashkillashtirildi. Kitoblar ko’rgazmasida,To’reniyazova va D.Utemuratova tomonidan 2021 yilda nashrdan chiqarilgan eng qiziqli, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan kitoblar bilan tanishtirdi.Shuning bilan birga, kitob o’qishga qiziqadigan o’quvchi yoshlar bilan suhbatlashilib, Axborot-kommunikatsiya  texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati rahbari M.Kadirov tomonidan Nókis «Bilim» nashryotidan 2021 yil qoraqalpoq tilida nashrdan chiqarilgan «Qaraqalpaq ańızları, apsanaları hám sheshenlik sózlеri» kitobi bo’yicha suhbatlashildi. M.Kadirov, qoraqalpoq xalq botiri Ernazar Aloko’z, Berdaq Qarg’abay uli, do’stlik va yaxshilik mavzulariga oid afsonalarni aytib berildi. Undan so’ng, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining 2022 yil uchun mo’ljallangan ish-rejasining ilmiy-metodik faoliyatining 2 bandida ko’rsatilgan, Hududlardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari hamda boshqa kutubxonalar (fuqarolar, o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, tijorat tashkilotlari)ning faoliyatini o’rganish va ish rejaning 4 bandindagi tumanimizdagi maktab, kasb-hunar maktabi va texnikum kutubxonalariga uslubiy va amaliy yordam berish ko’rsatilgan, Shu munosabat bilan Ma’lumot-bibliografiya xizmati rahbari J.Kadirbaeva va Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish mutaxassisi D.Xalbaeva tomonidan kutubxona hujjatlarini tayyorlashda va katalog va kartotekalarni yuritishda ko’rsatmalar berilib, fikr almashildi.