Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va tuman Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida ko’shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida 3-mart kuni tumanimizdagi 3 sonli umumta’lim maktabiga tashrif uyushtirildi. Ushbu maktab o’quvchi yoshlarga, kutubxonaning Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova va M.Xojantaevalar tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi. Kitoblar ko’rgazmasida, Shuning bilan birga, kitob o’qishga qiziqadigan o’quvchi yoshlar bilan suhbatlashilib, Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva tomonidan o’quvchi yoshlarning kitobxonlik bilimini oshirish va ziyrakligini rivojlantirish maqsadida ertak va adabiy kitoblardan “Adabiyot bilimdoni” nomli adabiy viktorina savol-javoblar o’tkazildi. Bunda savollar asosan adabiyotning kelib chiqishi, nechta turga bo’linishi, qoraqolpoq, o’zbek, rus yozuvchilari va ularning yaratgan asarlaridan berilib, maktabning 5,6,7-sinf kitobxon o’quvchilari savollarga zukkolik bilan javob berishdi. Undan so’ng, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining 2022 yil uchun mo’ljallangan ish-rejasining ilmiy-metodik faoliyatining 2 bandida ko’rsatilgan, Hududlardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari hamda boshqa kutubxonalar (fuqarolar, o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, tijorat tashkilotlari)ning faoliyatini o’rganish va ish rejaning 4 bandindagi tumanimizdagi maktab, kasb-hunar maktabi va texnikum kutubxonalariga uslubiy va amaliy yordam berish ko’rsatilgan, Shu munosabat bilan Ma’lumot-bibliografiya xizmati rahbari J.Kadirbaeva va Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish mutaxassisi D.Xalbaeva tomonidan kutubxona hujjatlarini tayyorlashda va katalog va kartotekalarni yuritishda ko’rsatmalar berilib, fikr almashildi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы