Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va tuman Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida qo’shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida 17-mart kuni tumanimizdagi 7 sonli umumta’lim maktabiga tashrif uyushtirildi. Ushbu maktab o’quvchi yoshlarga, kutubxonaning abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi M.Xojantaeva tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi. Shuning bilan birga, kutubxonaning abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva tomonidan ushbu maktabning kitobxon yoshlari o’rtasida «Zakovat» intellektual o’yini bellashuvi tashkillashtirildi. «Zakovat» intellektual o’yinida “Lider”, “Fimida”, “Gallaktikus” jamoalari o’z-aro bellashdilar. «Zakovat» savollari asosan, kitob mavzusiga oid savollardan tuzilgan bo’lib, kitobxon yoshlar o’zlarining talabchanligi, chaqqonligi, bilimdonligi bilan ajralib turardi. Jami 25 ta savol tuzilib, ularning 22 ta savolga tug’ri javob bergan “Gallaktikus” jamoasi 75 ball bilan 1-o’rin, “Lider” jamoasi 65 ball bilan 2-o’rin, “Fimida” jamoasi 60 ball bilan 3-o’rinni egalladi.G’olib bo’lgan jamoaga kutubxona tomonidan fahriy yorliqlar topshirildi.Undan so’ng, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining 2022 yil uchun mo’ljallangan ish-rejasining ilmiy-metodik faoliyatining 2 bandida ko’rsatilgan, hududlardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari hamda boshqa kutubxonalar (fuqarolar, o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, tijorat tashkilotlari)ning faoliyatini o’rganish va ish rejaning 4 bandindagi tumanimizdagi maktab, kasb-hunar maktabi va texnikum kutubxonalariga uslubiy va amaliy yordam berish ko’rsatilgan, Shu munosabat bilan Ma’lumot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan kutubxona hujjatlarini tayyorlashda va katalog va kartotekalarni yuritishda ko’rsatmalar berilib, fikr almashildi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы