Joriy yilning 28-iyul kuni Taxiatosh tumani “Aydin jol” bolalar dam olish oromgohida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining ko‘chma kutubxonasi tomonidan “Ertaklar olamiga sayohat” mavzusida tabiat manzarasida sahnalashtirilgan tadbir tashkillashtirildi. Bunda kutubxonachi A.To‘reniyazova oromgoh bolalariga sevimli ertaklar haqida so‘zlab berdi. So‘ngra, qizlar tomonidan qo‘g’irchoqlar yordamida “Zumrad va qimmat” ertagi, shuningdek, bolalar tomonidan rasmli qalpoqchalar yordamida “Bo‘g’irsoq” ertagi sahnalashtirildi.

Bu ertaklar orqali insoniylik mehr-muhabbat, yahshilik va yomonlikning oqibatlari sahna va harakatlar yordamida ko‘rsatilib o‘tildi.
Sahnalashtirilgan ertaklar juda qiziqarli va ma’noli bo‘lib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы