Oila va hotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etish milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Mazkur festival doirasida joriy yilning 23-sentyabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘linmasida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi, Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Taxiatosh tumani Harbiy qism hotin-qizlari ishtirokida «Milliy matolarimiz – milliyligimiz!» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatda tumandagi «Do‘stlik» MFY faol nuroniy onaxoni Baltabaeva Bazargul o‘zbek milliy matolari atlas va adras, shoyi matolarning tarixi, matolarning naqshlari, sifati shuningdek, milliy matolardan tikilgan liboslar milliylikni aks ettiruvchi o‘zbek ayollarining g’o‘zal ko‘rinishi ekanligini aytib o‘tdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы