Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Qoraqalpoq adabiyotini bilasizmi?” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 19-dekabr kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi A.Abieva tomonidan Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli maktab kutubxonasida Qoraqalpoq yozuvchi va shoirlarning kitoblaridan “Qoraqalpoq adabiyotini bilasizmi?” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suxbatga 2-sonli maktab kutubxonachisi K.Ibragimova va kitobxonlar ishtirok etishdi.

Bugun biz azaliy va boy tarixga ega bo‘lgan qoraqalpoq adabiyoti haqida so‘z yuritamiz. Qoraqalpoq adabiyoti — xalqning hayot tarzi, orzu-umidlari, dardi va quvonchini aks ettiruvchi bebaho ma’naviy xazinadir. Qoraqalpoq adabiyotining ildizlari og‘zaki xalq ijodiga borib taqaladi. Ertaklar, dostonlar, qo‘shiqlar, maqol va matallar xalqning asrlar davomida to‘plagan donishmandligini ifodalaydi. Ayniqsa, “Qirq qiz”, “Alpomish” kabi dostonlar xalqimizning jasorat, vatanparvarlik va sadoqat haqidagi tushunchalarini yoritib beradi.

XIX asrga kelib qoraqalpoq yozma adabiyoti shakllandi. Bu davrda adabiyot nafaqat badiiy, balki ma’rifiy vazifani ham bajara boshladi. Shu o‘rinda qoraqalpoq adabiyotining asoschisi hisoblangan Berdaq nomini alohida e’tirof etish lozim. Uning asarlarida xalq taqdiri, adolat, erkinlik va ma’naviyat masalalari yuksak badiiy mahorat bilan ifodalangan.