Joriy yilning 2-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 2026-yil 15-fevral – 15-mart kunlari «Ayollarni e’zozlash» oyligini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limida «Zakovatli qizlar» mavzusida zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Zakovatga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabning «Zukkolar jamoasi», 5-sonli maktabning «Xumo» jamoasi, 8-sonli maktabning «Bilimdonlar» jamoalari ishtirok etdi.
O‘yin savollarini Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova o‘qib eshittirdi. Savollar asosan badiiy adabiyotlar va mantiqiy savollardan iborat bo‘ldi. Hay’at a’zolari sifatida Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi J.Urazalieva va tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassisi T.Seyidova ishtirok etdi.
Hay’at a’zolarining natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni «Bilimdonlar», jamoasi, 2-o‘rinni «Zukkolar» jamoasi, 3-o‘rinni «Xumo» jamoalari egalladi. G’oliblar Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Diplom» bilan taqdirlandi.



2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы