Joriy yilning 17-mart kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova tomonidan «Kutubxona va ijtimoiy tarmoqlar» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi M.Jumamuratova va kitobxonlar ishtirok etdi. A.Vaysova o‘z so‘zida hozirgi zamonda axborot texnologiyalari jadal rivojlanib, inson hayotining barcha sohalariga kirib kelgani, shu jumladan, kutubxonalar faoliyati ham zamonaviy o‘zgarishlardan chetda qolmayotgani ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar kutubxonalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berayotgani, ijtimoiy tarmoqlar — bu axborot almashish, muloqot qilish va keng jamoatchilikka ma’lumot tarqatish uchun qulay platforma hisoblanishi, kutubxona yangi kelgan kitoblar, tadbirlar va xabarlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tez va oson etkaza olishi, bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar kitobxonlar bilan yaqin muloqot o‘rnatishga yordam berishi, foydalanuvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari, kitoblar haqida tavsiyalar olishlari va turli muhokamalarda ishtirok etishlari mumkinligini aytib o‘tdi. Shuningdek, kutubxonalar ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn tadbirlar, kitobxonlik chellenjlari tashkil etishlari mumkinligini, bu ayniqsa yoshlar uchun juda qiziqarli bo‘lib, ularni kitob o‘qishga jalb qilishini aytib o‘tdi. Bu esa kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы